• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq filologiyasi fakultetida ilmiy ma’ruzalar tanlovi tashkil etildi

22.01.2019, 17:30 Yangiliklar 2202

2019-yilning 22-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetida ilmiy ma’ruzalar tanlovi tashkil etildi. “Tilshunoslikda ilk qadamlar” talabalar ilmiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda institut professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Ilmiy ma’ruzalar tanlovida Sharq filologiyasi fakultetining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan 10 dan ortiq talabalari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Sharq mamlakatlari adabiyoti, tilshunosligi, adabiy manbashunosligi, tarjimashunosligi masalalariga bag’ishlagan  ma’ruzalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so’nggida barcha ishtirokchilar ochiq ma’ruzalar tanlovida faol ishtiroki uchun fakultet dekanining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: