• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya Universiteti bilan hamkorlik istiqbollari

07.11.2018, 18:47 Yangiliklar 2579

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya Universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvidan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “qo‘sh diplom”li ta’limni joriy etish sanaladi.

1

Kelishuvga ko‘ra quyidagi sohalarda hamkorlik qilish belgilandi:

  • o‘quv jarayonini takomillashtirish borasida o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayoniga zamonaviy metodlarni jalb qilish, bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qo‘shma fan dasturlarini yaratish;
  • bakalavr bosqichida 2+2, 3+1, magistraturada 1+1 sxemasida qo’shma ta’limni joriy etish;
  • Yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o‘quv-metodik materiallarni almashish;
  • Hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, almashinuv dasturlarini amalga oshirish;
  • Hamkorlikdagi seminar, ma’ruzalar, konferensiyalar o‘tkazish va boshqalar.

photo_2018-11-07_18-42-17

Hamkorlikning ilk qadamlari sifatida Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti professori, falsafa fanlari doktori, professor T.M.Maxamatov 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligining  1-bosqichi o‘quv rejasiga kiritilgan “Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji” fanidan 22 soat ma’ruzalarni o‘qidi. Bundan tashqari professor T.M.Maxamatov 2018-yil 3-noyabr kuni professor-o‘qituvchilar uchun “Ilmiy tadqiqotni tashkil etish metodologiyasi” va “Falsafani o‘qitishda innovasion texnologiyalarniqo‘llash usullari” mavzularida ochiq ma’ruza va seminar-trening o‘tkazdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: