• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rektor stipendiyasi

11.03.2020, 14:05 Yangiliklar 2309

CH O R L O V !

ODAMLAR HOY, ODAMLAR! ESHITMADIM DEMANGLAR! ESHITGANLAR DARMONDA, ESHITMAGAN ARMONDA!

Rango rang chechaklar-u alvon-alvon lolaqizg‘aldoqlarning tarovati-yu ifori kishini sarxush qilayotgan, ko‘klamoyning nafasi ufurib turgan navbahor fasli hammamizga qutlug‘ bo‘lsin!
Tole’i baland talaba-yoshlar! Siz azizlarni 2020 yilning 18 mart kuni institutimiz madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadigan “G‘AZALXON YOSHLIGIM” tanloviga chorlab qolamiz!
Ushbu tanlovda hazrat Alisher Navoiy g‘azallarini ko‘p yod olgan ilmi toliblar g‘oliblik uchun bellashadilar. Eng ko‘p g‘azal yod olgan tanlov g‘olibini nufuzli hay’at a’zolari aniqlab beradi.
G‘OLIB “NAVOIY” NOMIDAGI REKTOR STIPENDIYASINI QO‘LGA KIRITADI. Stipendiya miqdori 2020 yilning sentyabriga qadar har oy uchun 500 ming so‘m etib belgilangan.

Tanlov shartlari:
1. Hazrat Alisher Navoiy g‘azallaridan kamida 250 baytni yoddan bilishi;
2. Alisher Navoiy g‘azallarini hay’at a’zolari oldida ifodali, yoddan aytib berishi;
3. 11-17 mart kunlari soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Sharq filologiyasi fakulteti dekanati (705 xona)ga 10×15 o‘lchamdagi elektron rasmi bilan kelishi va qayddan o‘tishi.

Hay’at a’zolari:
1. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, professor Muhammad Ali (hay’at raisi).
2. Respublika kitobxon tanlovi hay’ati a’zosi, professor Boqijon To‘xliev (a’zo).
3. O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dotsent Adhambek Alimbekov (a’zo).
4. Alisher Navoiy ijodining mohir tadqiqotchisi, filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupova (a’zo).

Tanlov 2020 yilning 18 mart kuni
soat 14:00 da institutning
madaniyat saroyida boshlanadi.

Shoshiling! G‘oliblik sizni kutmoqda!

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: