• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“REKTOR KUBOGI-2018” chorak final bahslari

17.12.2018, 11:36 Yangiliklar 2401

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida sportning mini futbol  turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI-2018″ musobaqasi bo’lib o’tmoqda. Turnirning guruh bosqichida jami 19 jamoa ishtirok etdi. Jamolar 4 guruhga bo’lingan holda turnirni boshlashdi:

Qizg’in bahslarga boy bo’lgan guruh o’yinlarida g’alaba qozongan va eng ko’p ballarni qo’lga kiritgan jamoalar chorak finalga yo’l olishdi. Chorak finalning dastlabki bahsini “Legion” (Tarix va falsafa) va “Siyosat” (Koreyashunoslik) jamoalari boshlab berdi. 3:1 hisobida oldinda borayotgan “Legion” jamoasiga tajriba yetishmadi va natijada ikkinchi bo’lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida “Siyosat” jamoasi hisobni tenglashtirdi. Qo’shimcha daqiqalarda esa “Siyosat” jamoasi irodali o’yin namoyish etgan holda yana 2 ta gol urishga erishdi va yarim finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Chorak finalning ikkinchi o’yinida “Man unt-Sharqshunoslar” (terma) jamoasi “Jayhun” (Filologiya) jamoasi bilan yarim final uchun kurash olib bordi. Kutilmaganda “Jayhun” jamoasi o’yinning dastlabki soniyalaridayoq 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Lekin futbol musobaqalarida faol ravishda ishtirok etib kelayotgan “Man unt-Sharqshunoslar” jamoasi tajribasi ustunlik qilib, o’yin yakunida 9:4 natijasi qayd etildi.

Musobaqaning chorak finalida Tarix va falsafa fakultetining ikkita jamoasi to’qnash keldi. “Dekan kubogi -2018” da finalgacha yetib brogan “Everest (ShMT 2-kurs) va o’tgan yilgi chimpion “Milliard” (Tarix 4-kurs) jamoasi bilan bahs olib bordi. Zo’r himoya chizig’iga ega bo’lgan “Everest” jamoasi 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi va birinchi bo’limni g’alaba bilan yakunladi. Lekin, o’yin so’nggiga qadar yana tajriba o’z so’zini aytdi. “Milliard” jamoasi qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g’alabaga erishdi va yarim finalga yo’l oldi.

Oxirgi chorak final bahsida “United Team” (Filologiya) jamoasi “Real Vostok” (Koreyashunoslik) jamoasi bilan yarim final yo’llamasi uchun bahs olib bordi. Qiziqarli bo’lgan bahsda “Real Vostok” jamoasi 5:3 hisobida ga’labaga erishdi.

2

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: