• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

QUVONCHLI XABAR‼️

29.04.2021, 08:47 Yangiliklar 4407

Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya tayinlash to‘g‘risida✅

Bugun – 29 aprel’ kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 9 majlisida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari va Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya taynlash to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
Stipendiya Tanlov komissiyasi xulosalari asosida universitet Kengashi 4 nafar talabaga 2021-2022 o‘quv yili davomida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya” tayinlashga Qaror qabul qildi.

✅Universitet Kengashining maxsus stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori rektor buyrug‘i asosida kuchga kiradi.

✅Maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga joriy yilning 20-mayiga qadar “Ogahiy nomidagi stipendiya sovrindori” guvohnomasi beriladi.

✅Maxsus stipendiya talabalarga bir o‘quv yili davomida sentyabr’ oyidan boshlab beriladi.

✅Stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq (1207461 so‘m etib) belgilanadi.

Quyida Ogahiy nomidagi maxsus stipendiyani qo‘lga kiritgan g‘oliblar bilan tanishing

photo_2021-04-29_17-37-06

 

TURDIALIEV OBIDJON SODIQJON O‘G‘LI

Yaponshunoslik fakulteti 1-bosqich magistranti

photo_2021-04-29_17-37-26

ABDULAZIZOVA MAHBUBA UMIDJON QIZI

Xitoyshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi

photo_2021-04-29_17-38-23

YO‘LCHIEVA YORQINOY UMARBOY QIZI

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti 1-bosqich talabasi

photo_2021-04-29_20-09-00

ELLIEVA SADOQAT AXMAT QIZI

Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: