• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qatardagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonda tarjimashunoslik ilmi rivoji haqida gapirildi

17.12.2018, 15:21 Yangiliklar 2296

Joriy yilning 11-12-dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida “Tarjima va uning sayqallanishi muammolari” mavzuida V- xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda 20dan ortiq mamlakatlardan, jumladan Yaponiya, Xitoy, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Misr, Suriya, Livan, Iroq va boshqa arab davlatlari, Eron, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Ikki kun davom etgan mazkur anjumanda 40dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur xalqaro anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, arabshunos olima  Ra’no Umarovna Xodjayeva “Tarjima va uning joriy qilinishidagi muammolar” mavzuidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. R.U.Xodjayeva  o‘z ma’ruzasida tarjima va uning qiyinchiliklari, ko‘nikmalari, qoidalari to‘g‘risida fikr yuritib, tarjimonning oldida bir tildan ikkinchi tilga badiiy asarni tarjima qilganda, uning ruhini, hodisalarining tarixiyligini, xalqlarining an’ana va milliyligini to‘g‘ri tushungan holda tarjima qilish masalalari haqida so‘z yuritdi. Professor R.U.Xodjayeva o‘z ma’ruzasida bu masalalarni o‘zining arab tilidan o‘zbek va rus tillariga hamda o‘zbek tilidan rus va arab tillariga qilgan tarjima ishlari orqali tushuntirib berdi.

Shuningdek, prof. R.U.Xodjayeva Toshkent davlat sharqshunoslik institutida magistrantlarga o‘qitilayotgan maxsus kurslarda badiiy adabiyotlarni va adabiyotshunoslikka oid matnlarni tarjima qilish borasidagi o‘z tajribalarini anjuman ishtirokchilari bilan  bo‘lishdi. Olimaning bu chiqishi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ma’ruzadan so‘ng, ishtirokchilar O‘zbekiston madaniyati, uning ta’lim sohasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faoliyati xususida savollar berishdi va tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Prof. R.U.Xodjayeva xalqaro anjuman tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini birdirib, ingliz tilida nashr etilgan “O‘zbekiston sharqshunoslari” kitobini sovg‘a qildi. Ushbu xalqaro anjuman an’anaviy tarzda 5 yil davomida o‘tkazib kelinib, arabshunos olimlar, tarjimonlarning haqiqiy muloqot maydoniga aylangan.

photo_2018-12-18_11-21-16photo_2018-12-18_11-21-26 photo_2018-12-18_11-28-26 photo_2018-12-18_11-28-31 photo_2018-12-18_11-28-34photo_2018-12-18_11-31-14

 

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
“Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi
doktoranti, filologiya fanlari nomzodi Shahlo Ahmedova

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: