• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qarorlar mazmun-mohiyati puxta o‘rganilmoqda

24.05.2017, 18:58 Yangiliklar 3906

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi ustuvor yo‘nalishlariga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qaror mazmun-mohiyatini institutning har bir jamoasi e’tiboriga yetkzish, unda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va so‘zsiz amalga oshirish maqsadida 2017-yil 23-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, professor Mannonov A.M. oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirildi. Ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqan soha mutaxassislari tizimda amalga oshiriladigan jarayonlar haqida, jumladan, har bir kafedra o‘zining ta’lim xususiyatlaridan kelib chiqib, jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish; o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish; magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishni xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tashkil qilish; oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini har bir oliy ta’lim muassasasi kesimida shakllantirish, o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini hududiy va tarmoq dasturlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda belgilash; ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar bilan axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish; kafedralar ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; kafedralar hamda o‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bayon etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 1-ilovasi 3-bobining 9, 10, 13-bandlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha “Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi takliflari loyihasi, muhokama etildi.

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: