• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqlariga munosabatimiz va mamlakatimiz yoshlari oldida turgan vazifalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadbir

30.09.2017, 17:26 Yangiliklar 3529

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 30-sentabr kuni institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqlariga munosabatimiz va mamlakatimiz yoshlari oldida turgan vazifalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Idirov Ulug‘bek Yusupovich so‘zga chiqdi.
U o‘z nutqida mamlakatimiz rahbarining bugungi kunda terrorizm va unga qarshi kurash borasida dunyoda amalga oshirilayotgan ishlarga, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotgani, xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishini ta’kidlaganliklarini alohida aytib o‘tdi.
So‘ng, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov so‘zga chiqib, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini qabul qilish borasidagi O‘zbekiston tashabbusi, uning ulkan siyosiy-ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida savol-javoblar, o‘qituvchi va talabalar tomonidan mavzu yuzasidan turli fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

photo_2017-10-03_17-26-54 photo_2017-10-03_17-27-01 photo_2017-10-03_17-27-07 photo_2017-10-03_17-27-09 photo_2017-10-03_17-27-12 photo_2017-10-03_17-27-16

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: