• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OT-F1-71 “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo  mintaqasida etnolingvistik vaziyat”

09.03.2018, 16:51 Ilmiy loyihalar 3443

Loyiha ijrochilari to‘g‘risida ma’lumot

T/r Ijrochining F.I.Sh. Tug‘ilgan sanasi Ilmiy darajasi, unvoni
1. Omonov Qudratulla Sharipovich 11 dekabr, 1972 yil filologiya fanlari doktori, dotsent
2. Sodiqov Qosimjon Pozilovich 1 yanvar,

1954 yil

filologiya fanlari doktori, professor
3. Islomov Zohidjon Mahmudovich 28 noyabr,

1956 yil

filologiya fanlari doktori, professor
4. Alimuhamedov Rixsitilla Abdurashidovich 7 iyul,
1986 yil
filologiya fanlari doktori, tadqiqotchi
5. To‘raev Laziz Abdivali o‘g‘li 10 aprel,
1986 yil
tadqiqotchi
6. Altinbaev Nuriddin 7 noyabr,

1989 yil

operator
7. Raxmatova Gavxar 1991 yil operator

 

Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari

Ushbu loyihaning bosh maqsadi ilk va o‘rta asrlarda mintaqamizda kechgan til va jamiyat munosabati, jamiyat va muhitning yozma nutqda aks etishi, ikkitillilik va ko‘ptillilik hodisasi, tillarning hududiy va ijtimoiy tabiati, yozma va adabiy tilning shakllanishi muammosi, yozma til uslublari, til va madaniyat mavzusi din va til masalasi, tillarning o‘zaro munosabatlari, xalqaro tillar, tilning ijtimoiy-siyosiy mavqei, til siyosati masalalarini tugal va tizimli tekshirishdir. Ayni masalalarning yechimi uchun ish oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

Miloddan avvalgi davrlar va milodning boshlarida Markaziy Osiyoning etnik tarkibi va til vaziyati. Mintaqamizda yaratilgan yozma yodgorliklar tili masalasi.

Turkiy tilning shakllanishi, uning ildizlari. Turkiy yozma adabiy tilning yuzaga kelishi. Turkiy tilda matn tuzish an’anasining shakllanishi.

Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda til vaziyati.

Ilk o‘rta asrlarda yozuv madaniyati va kitobat tarixi. O‘zbek kitobat tarixining boshlanishi.

Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan etnik jarayonlar va sharq tillarining o‘zaro ta’siri masalasi.

Markaziy Osiyoda buddizm, moniylik, nasroniylik dinlarining yoyilishi va Sharq tillarining o‘zaro aloqasi masalasi.

Markaziy Osiyoda ikkitillilik va ko‘ptillilik hodisasi, tillarning hududiy va ijtimoiy tabiati.

Sharq tillarining o‘zaro ta’siri va linvo-madaniy jarayonlarda islomning o‘rni.

Qoraxoniylar davlatida til vaziyati. Etno-lingvistik jarayonlar.

Mo‘g‘ullar saltanati davrida Markaziy Osiyo o‘lkalarida til vaziyati va etnik jarayonlar.

Oltin O‘rda davlatida til vaziyati va lingvo-madaniy jarayonlar.

Temuriylar davlatida til vaziyati. Eski o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei.

Dunyo fanida Markaziy Osiyoda kechgan etno-lingvistik masalalar, turkiy tilning eng qadimgi davri,  o‘zbek tilining ilk qadimgi ildizlari to‘g‘risida ayrim G‘arb sharqshunoslarining tadqiqotlarini ko‘rsatish mumkin. Xususan, J.Kloson, G.Derfer, I.Bensing, E. Pullibaenk, A.Tot, P.Konavalov, A.Dibo tadqiqotlari alohida o‘ringa ega.

Yuqorida zikr etilgan tadqiqotlarning katta qismida ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan etno-lingvistik jarayonlar bir yoqlama, to‘g‘rirog‘i, yozma yodgorliklar tiliga yuzaki qarash kuzatiladi.    Shu bois masala mohiyati chuqur o‘rganilgan emas. Ularni tizimli o‘rganish masalasida ham fan oldida qilinadigan ishlar ko‘p.

Markaziy Osiyo mintaqasidan keyingi o‘n yillikda topilayotgan yozma yodgorliklar va ulardagi dalillar, shu kunga qadar shakllangan fikrlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.  Chunonchi, dalillar tahlili, qadimgi yozma yodgorliklar tahlili, xitoy manbalaridagi ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, turkiy til miloddan avvalgi davrlardan boshlab xalqaro til darajasiga ko‘tarilgan. Chunki xitoy manbalarida bevosita Samarqand to‘g‘risida gapirib turib, “bu yerda turk qonunlarii va turk tili ustun edi” degan fikrlar bor. Demak, turkiy tilni davlat tili darajasiga erishuvi miloddan avvalgi II asrlardan boshlanadi. Undan ham qadimgi bo‘lishi mumkin. Chunki, bundan 8 yil oldin mana shu sharqshunoslik institutining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston xalqlari yozuv tarixining uch ming yilligi to‘g‘risidagi fikr bilan chiqqan edi. Yozuv tarixining uch ming yilligi haqida fikr aytilganda turkiy mantlar ham hisobga olgan edi. Agarda mana shu da’vo tasdiqlanadigan bo‘lsa, bu juda katta siyosiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu esa turkiy tilning, xususan, o‘zbek tilining xalqaro til sifatidagi ildizlari xronologiyasi uch ming yil bilan bo‘ylashishini ko‘rsatadi.

Shuning uchun ushbu loyihida mo‘ljallanayotgan yo‘nalishdagi ilmiy ish amalga oshirilsa, ilk va o‘rta asrlardagi o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy mavqei,  Markaziy Osiyoda kechgan etnik va lingvistik vaziyat, mintaqada buddizm, moniylik, nasroniylik va islom dinining yoyilishi va Sharq tillarining ta’siri masalasi, shuningdek, ajdodlarimiz bunyod etgan saltanatlarda ona tilimizning huquqiy maqomini belgilashda nihoyatda qimmatli faktlarni beradi.

4.3. Tadqiqot natijalari jamlanib ayni yo‘nalishda fan tarixida birinchi bo‘lib “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat” mavzuida monografiya chop ettiriladi.

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtalarining tarix, filologiya yo‘nalishlarida tadqiqot natijalari asosida nazariy va amaliy kurslar tashkil etiladi. Ushbu kurslar usun o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.

Loyiha bo‘yicha olingan natijalar

Nashr turi Nashr mavzusi Nashr mualliflari Nashr etilgan vaqti Qaerda nashr etilgan Hajmi
Monografiya Алишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн Содиқов Қ.П 2017. Академнашр  
  Маҳмуд Кошғарий. Девону лағати-т-турк Содиқов Қ.П 2017. Ғ.Ғулом  
Darslik          
O‘quv qo‘llanma Матншунослик ва манбашунослик асослари Содиқов Қ.П 2017. ТошДШИ  
Ilmiy maqolalar,  shu jumladan:          
           
Ilmiy maqola          
  Адабий асарлар тарихий матн ва маъно уйғунлиги. З.Исломов 2017 “Адабий, тилшунослик ва таржимашунослик долзарб масалалари” Республика илмий-амалий анжумани

Қарши

3-9 бетлар.
Anjumanlar tezislari shu jumladan:          
           
  Илк ва ўрта асрларда жанубий ва Марказий Оси халқларининг маданий ва адабий алоқалари Содиқов Қ.П 2017 “Ўзбекисто н ва хорижда замонавий ҳиндшунослик: филология, маданий-тарихий алоқалар масалалари” халқаро илмий-амалий конференция масалалари 89-93 бетлар

 

 

 

 

   “Муқаддамату-л-адаб” Буюк ипак йўли мамлакатлари маданияти хизматида З.Исломов 2017 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари Самарқанд-Шанхай – 2017 йил Буюк ипак йўлида умуминсоний ва миллий қадриятлар: тил, таълим ва маданият. 167-170 бет

 

  Қадимги турк-будда муҳитида яратилган драматик асар тарихидан. Алимухамедов Р.А   “Ўзбекистон ва хорижда замонавий ҳиндшунослик: филология, маданий-тарихий алоқалар масалалари” халқаро илмий-амалий конференция масалалари 43-44 бетлар
Anjuman tezisi Шарқ алломалари тарихий меросига оид муҳим тадқиқот З.Исломов 2017 “Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари” Республика  9-илмий-назарий конференцияси материаллари 64-67 бетлар
  Содиқов Қ.П. Муҳокамат ул-луғатайннинг қўлёзма нусхалари 2017 йил А.Навоийга бағишланган “Ўзбек тили ва адабиёти университети” да амалий-назарий конференция  
  Содиқов Қ.П. “Тазкира-йи-авлиё” нинг туркий версияси: асар қўлёзмаси ва унинг китобат тарихида тутган ўрни 2017 Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси Илмий мақолалар тўплами 8 225-230 бетлар
  Содиқов Қ.П. Билим сўқмоқларида 2017 Глобал тараққиёт ва ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари 20-23 бетлар
  Содиқов Қ.П. Эски туркий тил манбалари билимдони 2017 Ўзбек терминологияси: бугунги ҳолати ва истиқболи 16-39 бетлар
  Р.Алимухамедов Қадимги туркий асарларда матн икки тиллилиги масаласи 2017 Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси Илмий мақолалар тўплами 8 242-245  бетлар
  Р.Алимухамедов Турк-моний тавбаномаларида келган айрим ибораларнинг ўқилиши ва талқини хусусида 2017 Ёш шарқшуносларнинг академик Убайдулла Каримов номидаги 14 илмий-амалий конференция материаллари. 96-98 бетлар
  Омонов Қ.Ш Туркий расмий услуб такомилида қорахонийлар даври ҳужжатчилигининг ўрни 2017 Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси Илмий мақолалар тўплами 8 295-298 бетлар
  Омонов Қ.Ш Темурий султонларининг эски ўзбек тилидаги дипломатик ҳужжатлари 2017 Амир темур ва темурийлар давридаги илм-фан ва маданият ривожининг жаҳон тамаддунидаги ўрни. Республика илмий-амалий конференция материаллари 24-29 бетлар
  Омонов Қ.Ш Туркий ҳужжатчилик анъанасининг қўшни давлатлар иш юритиш амалиётига таъсири   Ўзбек терминологияси: бугунги ҳолати ва истиқболи 66-70 бетлар
  Раҳматова Г.О Туркий оғзаки шеърият тарихига бир боқиш   Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси. 284-289 бетлар

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: