• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘R Savdo-sanoat palatasi xodimlari bilan uchrashuv

17.02.2018, 11:21 Yangiliklar 3082

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti “MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi bitiruvchi talabalarining O‘R Savdo-sanoat palatasi xodimlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bitiruvchi talabalarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, oliy malakali kadrlarni tayyorlashda mehnat bozori talablarini hisobga olish masalalariga davlat miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belginlangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoati Palatasi xodimlari hamda TDSHI “MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan 2018-yil 16-fevral kuni uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida SSPning “Yosh tadbirkorlar va innovatsiyalar” boshqarmasi boshlig‘i I. Nuridiinov hamda “Davlat organlari bilan ishlash” boshqarmasi boshlig‘i O. Tursunxo‘jaevlar tomonidan respublikada biznes rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar haqida ma’lumot berildi hamda talabalarni qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

savdo-sanoat02

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: