• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OQ YO‘L SENGA, BITIRUVCHI!

08.07.2017, 16:47 Yangiliklar 5091

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2017-yil 8-iyul kuni 2016-2017 o‘quv yili bakalavr va magistr bitiruvchi talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Mannonov Abdurahim Mutalovich ochib berdi. Institut rektori bitiruvchi talabalarni muborakbot etib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda san’atkorlar, ustoz-murabbiylar va bitiruvchi talaba-yoshlarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, bitiruvchilarga o‘z tabriklarini yo‘lladi.
Bitiruvchi talabalardan O‘zbekiston Prezident stipendianti Do‘stmatova Barno hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Maxsus stipendiya”si sovrindori Botirov Xurshidlar so’zga chiqib o’z dil izhorlarini bildirishdi.
Tadbirni institutning iqtidorli talabalaridan bitiruvchi Inomzoda Shirinmohi o‘z qo‘shiqlari bilan bitiruvchi talabalarga oq yo‘l tiladi.

photo_2017-07-08_16-42-29 photo_2017-07-08_16-42-34 photo_2017-07-08_16-42-39 photo_2017-07-08_16-42-46

photo_2017-07-08_16-45-25 photo_2017-07-08_16-45-39 photo_2017-07-08_16-46-16 photo_2017-07-08_16-46-20

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: