• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ODAM SAVDOSI – HUDUD, CHEGARA, MILLAT TANLAMAYDIGAN MUDHISH JINOYATDIR

29.04.2017, 13:06 Yangiliklar 4065

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2017-yil 27-aprel kuni talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzucida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi N.Rahmonov, Toshkent davlat yuridik unevirsiteti professori, yuridik fanlari doktori O.Muhammadjonov, fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir boshlanishidan oldin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali tomonidan tasvirga olingan “Jinoyat va jazo” ko‘rsatuvi namoyish etildi. Shundan so‘ng yig‘ilishni raislik qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov boshlab, o‘z nutqida hozirgi kunda dunyo ahlini tashvishga solib turgan va tuzalmas vabo singari insonlarni o‘z domiga tortayotgan odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy unsurlarni olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlar nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar kabi jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirib chiqarayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng u ishtirokchilarga so‘z berishdan oldin institut talaba-yoshlarining fikrlari bilan qiziqdi va so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi N.Rahmonovga berdi. U dastlab talabalarni respublika bo‘ylab tahsil olayotgan talabalarga oid raqamlar bilan tanishtirdi. O‘z ma’ruzasida talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, “ommaviy madaniyat” kabi yot g‘oyalar yoshlarimiz ongiga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganligini gapirar ekan, har birimiz doimo ogohlikda o‘zligimizni yo‘qotmagan holda o‘z yo‘limizdan og‘ishmay yurishimiz, buning uchun ma’naviy barkamol va yetuk inson bo‘lishimiz lozimligini hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarimizni atrofdagilarga targ‘ibot qilishimiz, loqaydlikga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim deya, odam savdosi qurboniga aylangan fuqarolarimizning ayanchli taqdirlari haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi.

So`ng, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori O.Muhammadjonovga so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida talabalarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, osoyishtalikni qadriga yetishni, bugungi kunda yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda vatanimizning rivojiga katta xissa qo‘shish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Hozirgi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida xukm surayotgan qurolli to‘qnashuvlar, urushlar tufayli ko‘plab insonlar jabr chekib, bevaqt vafot etayotgan insonlar va o‘sha muhitda voyaga yetayotgan yoshlar hamda ularning ayanchli ahvollari to‘g‘risida gapirar ekan, hozirda yoshlarimiz orasida osonlik bilan pul topish va yengil – yelpi hayot kechirishni orzu qilib, chet davlatlarga pul ishlagani ketib, odam savdosi qurboniga aylanib ketayotganligini gapirib o‘tdi.

Shuningdek, bir necha statistik raqamlarga murojaat qilib, yoshlarni ogohlikka da’vat etdi. Shu bilan birga odam savdosiga qarshi kurash borasidagi qonunchilikka alohida to‘xtaldi. Mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolangani, odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzilganligini va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

photo_2017-04-29_11-26-37

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: