• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Navoiy va Bobur badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida tadbir

16.02.2018, 16:12 Yangiliklar 3324

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida 2018-yil 16-fevral sanasida shoir, mutafakkir va davlat arbobi A.Navoiy tavalludining 577 yilligi va Z.M.Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Navoiy va Bobur badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti prorektori – Sh.A.Aripov; Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti dekani – I.N.Bekmuratov; yozuvchi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi – Sa’dulla Siyoev; Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, yozuvchi – To‘lqin Hayit, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti dekan o‘rinbosari – O‘.B.Bito‘raev, kafedra mudirlari – U.Idirov, U.Abdullaev, R.Alimova, D.Sayfullaev, fakultet “Yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi Q.Abduraimov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A.Navoiy va Z.M.Bobur yozma merosi va uning yoshlar ma’naviy barkamolligidagi o‘rni borasidagi ma’ruzalar bilan bir qatorda, talaba-yoshlar tomonidan Primqul Qodirovning “Yolduzli tunlar” romani asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ham tadbir ishtirokichilariga namoyish etildi.

navoiy-bobur2 navoiy-bobur3 navoiy-bobur4 navoiy-bobur5

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: