• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi

alimuhamedov
ALIMUXAMEDOV RIXSITILLA ABDURASHIDOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari:  Har kuni soat 14:00-16:00
Tel.: +99871 233-24-58
E-mail:  rixsitilla@gmail.com

Kafedra tarixi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi o‘zbek klassik adabiyoti va adabiy tili bo‘yicha ilmiy ish olib boradigan, arab va fors tillarini yaxshi egallagan, ilkin yozma manbalar, sharq qo‘lyozmalarini o‘qib o‘rganadigan, o‘lmas obidalarimizga yo‘g‘rilgan ma’naviyat durdonalarini, kishilikning ilg‘or qarashlarini xalqimizga yetkazib bera oladigan filolog-mutaxassislarni yetishtiruvchi yirik markazdir. Kafedra 1993 yilda “Manbashunoslik, matnshunoslik va tarjima nazariyasi” nomi bilan tuzilgan edi. 1999 yilgacha o‘quv ishlari sharq filologiyasi fakulteti arab, fors filologiyasi bo‘limlarining talabalaridan tuzilgan maxsus manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash guruhi shaklida olib borilgan.

2004 yili respublikada mumtoz yozma merosni o‘rganadigan, ulug‘ mutaffakkir shoirlarimizning asarlarini tadqiq etib, ularni yosh o‘g‘il-qizlarga yetkaza oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash ishi arab, fors va eski turkiy tillari chuqur o‘qitiladigan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga topshirildi. Shu munosabat bilan institutda bakalavrlik va magistratura bosqichlarida mumtoz filologiya bo‘limi ochildi va ushbu ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish ishlari ham ayni kafedraga yuklatildi.

2008 yilda kafedraning nomi “Mumtoz filologiya” deb o‘zgartirildi.

2020 yil aprel oyida Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga “UNIVERSITET” maqomi berildi va yangi struktura bo’yicha kafedra nomi “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik”ka o‘zgartirildi.

Kafedra tuzilgandan to 1996 yilga qadar unga filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilov boshchilik qildi. 1996 yildan 2008 yilning boshlariga qadar kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alimulla Habibullayev boshqardi. Kafedrani 2008 yildan 2017 yil sentyabr oyigacha filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqov boshqardi. Kafedraga 2017 yil sentyabr oyidan buyon filologiya fanlari doktori Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich mudirlik qilmoqda.

Kafedraga ikki nafar tayanch doktorant, shuningdek, bir qancha mustaqil izlanuvchilar biriktirilgan.

Kafedrada 2019-2020 o’quv yilida sakson yetti nafar bakalavr, yigirma olti nafar magistr tahsil olmoqda.

Kafedra 2020-2021 o‘quv yilidan yangi 5120700 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalarni qabul qilishni boshladi.

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha);
  • 5120700 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

 

Kafedraning magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120103 – Mumtoz filologiya (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishlari:

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha) yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar:

  1. “Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari”;
  2. “Asosiy sharq tili (arab tili/fors tili)”;
  3. “Qo‘shimcha sharq tili (arab tili/fors tili)”;
  4. “Eski o‘zbek tili”;
  5. “O‘zbek mumtoz adabiyoti”;
  6. “Arab va fors mumtoz adabiyoti”;
  7. “Navoiyshunoslik”;
  8. “Yozuv tarixi va kalligrafiya”;
  9. “Arab va fors badiiy matnlarining lingvistik tahlili”;
  10. “Sharq qo‘lyozmalarini o‘qish”;
  11. “Tarixiy leksikografiya”;
  12. “Til va adabiyot o‘qitish metodikasi”.

5120700 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar:

  1. “Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari”;
  2. “Asosiy sharq tili (arab tili/fors tili)”;
  3. “Turkiy yozma yodgorliklar tili”;
  4. “O‘zbek adabiyoti tarixi”;
  5. “Arab va fors mumtoz adabiyoti”;
  6. “O‘zbek matnchiligi tarixi”;
  7. “Sharq matnshunosligi”;
  8. “Mumtoz adabiyotshunoslik”;
  9. “Epigrafika va paleografiya”.

Magistratura mutaxassisliklari:

5A120103 – Mumtoz filologiya (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlar:

  1. “Mutaxassislikning nazariy masalalari”;
  2. “Sharq mumtoz adabiyotshunosligi”;
  3. “Yozma yodgorliklar tili”;
  4. “Mumtoz janrlar tizimi va uslublar tipologiyasi”;
  5. “Ilk o‘rta asrlar sharq tillarining nazariy asoslari (sanskrit, sug‘d va qadimgi xitoy tillari)”;
  6. “Mumtoz badiiy matn stilistikasi”.

5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlar:

  1. “Mutaxassislikning nazariy masalalari”;
  2. “Sharq matnshunosligi”;
  3. “Adabiy manbaning filologik tadqiqi”;
  4. “Yozuv tarixi va kitobat san’ati”;
  5. “Adabiy manbashunoslik va matn stilistikasi”;
  6. “Sharq mumtoz poetikasi”.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari:

  1. Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich – filologiya fanlari doktori.
  2. Sodiqov Qosimjon Pozilovich – filologiya fanlari doktori, professor.
  3. To‘xliyev Boqijon – filologiya fanlari doktori, professor.
  4. Eshmuhamedova Maryam Malikovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  5. Umurzoqov Bahriddin Safarovich – PhD, katta o‘qituvchi.
  6. Sa’dullayeva Nodira Namozovna – o‘qituvchi.
  7. Rahmatullayev Nodir Nuritdinovich – o‘qituvchi.
  8. Xolboboyeva Nilufar Baxtiyor qizi – o‘qituvchi.
  9. Maxmarajabov Fazliddin Davlatboy o’g’li – o‘qituvchi.
  10. Kanayev Boborahim Esanaliyevich – o’qituvchi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.

O’zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Kafedraning xalqaro hamkorligi:

Turkiyaning Istanbul Universiteti Adabiyot fakulteti.

Turkiyaning Erzurum shahridagi Otaturk universiteti.

Turkiyaning Karabuk Universiteti Adabiyot fakulteti.

Xitoyning Sinzyan Pedagogika universiteti.

Kafedra professor-o‘qituvchilari so’ngi yillarda chop ettirgan sara kitoblari:

  1. Содиқов Қ.П. Адиб Аҳмад Югнакий. Ҳибату-л-ҳақойиқ. Қосимжон Содиқов транскрипцияси, талқини ва таҳлилида. – Тошкент: «Akademnashr», 2019.
  2. Содиқов Қ.П. Алишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. Қосимжон Содиқов таҳлили, табдили ва талқини остида. – Тошкент: «Akademnashr», 2017.
  3. Содиқов Қ.П. Алишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. Қосимжон Содиқов таҳлили, табдили ва талқини остида. – Тошкент: “Akademnashr”, 2017.
  4. Содиқов Қ.П. Илк ва ўрта асрларда Марказий Осиёда кечган этно-лингвистик жараёнлар. – Тошкент: «Akademnashr», 2018.
  5. Содиқов Қ.П. Илк ва ўрта асрларда яратилган туркий ҳужжатлар. Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 2016.
  6. Содиқов Қ.П. Қадимги туркий халқларда шаҳарчилик, ўтроқ деҳқончилик маданияти ва яйлов турмуш тарзи. Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 2017.
  7. Содиқов Қ.П. Қадимги туркий халқларда шаҳарчилик, ўтроқ деҳқончилик маданияти ва яйлов турмуш тарзи. Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 2017.
  8. Содиқов Қ.П. Матншунослик ва манбашунослик асослари. Филология ва тилларни ўқитиш (мумтоз тиллар бўйича) таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун ўқув қўлланма. Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 2017.
  9. Содиқов Қ.П. Матншунослик ва манбашунослик асослари. Филология ва тилларни ўқитиш (мумтоз тиллар бўйича) таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун ўқув қўлланма. Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 2017.
  10. Содиқов Қ.П. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғати-т-турк [Туркий сўзлар девони]. Нашрга тайёрловчи Қ. Содиқов. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017.
  11. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun. Тошкент, “BAYOZ”, 2018.
  12. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining birinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  13. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  14. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  15. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining birinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент, “BAYOZ”, 2018.
  16. To’xliyev B., R.Mirsamiqova, О.Ametova. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент, “BAYOZ”, 2018.
  17. Тўхлиев Б. Навоий ғазаллари (насрий баён, шарҳ ва изоҳлар). – Тошкент: ТДШИ, ТДПУ, 2016.
  18. Эшмуҳамедова М. Аҳмад Яссавий ҳикматлари киритилган қўлёзмалар каталоги. Тошкент, 2010.
  19. Р.Зарипова, Н.Садуллаева. Қиссаси Рабғузий. 1-китоб. Тошкент, 2013.
  20. Р.Зарипова, Н.Садуллаева. Қиссаси Рабғузий. 2-китоб. Тошкент, 2015.
  21. Алимухамедов Р.А. Қадимги турк-моний адабиёти манбалари. Тошкент, “Шарқ” НМАК. 2016.
  22. Алимухамедов Р.А. Эски туркий асарларни қўлёзмалардан ўқиб-ўрганиш. Тузувчи: Р. Алимуҳамедов. Тошкент, 2013.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari:

  • Turkiy yozma adabiy tilining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti masalalari;
  • Turkiy yozma yodgorliklar tili. Matnlarning lingvistik tahlili va ularni hozirgi tilga o‘girish masalasi;
  • O‘zbek klassik adabiyoti tadqiqi;
  • O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi, uning yuzaga kelishi va tarixiy takomili masalalari, o‘zbek adabiyotshunosligi tarixida yaratilgan ilmiy asarlar;
  • Yozma yodgorliklarni hozirgi tilga o‘girish va ularni talqin qilishning tugun va yechimlari;
  • Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;
  • Sharq qo‘lyozmalari va ularni o‘rganish masalalari;
  • O‘tmishdan qolgan asarlarning ilmiy, ilmiy-tanqidiy, yig‘ma matnlarini tuzish masalalari;
  • Yozuv tarixi va kitobat san’ati. Qadimgi turkiy yozuvlar va ularning Markaziy Osiyo xalqlari yozuv madaniyati tarixida turgan o‘rni;
  • O‘rta Osiyoda yaratilgan arab va fors tillaridagi yozma merosni tadqiq etish va o‘zbek tiliga o‘girish masalalari.

Fotolavhalar

qosimjonlll

 

21.06.2020, 23:34 6413

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: