• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Mumtoz filologiya masalalari” mavzusidagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy anjumani

20.04.2019, 15:16 Yangiliklar 2146

2019-yil aprel oyining to‘rtinchi kuni Mumtoz filologiya kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan “Mumtoz filologiya masalalari” mavzusidagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachiga 7-8 minut, qo‘shimcha so‘zlovchilarga 3-4 minutdan vaqt berildi.Anjuman soat 14:00 da 811-auditoriyada boshlandi. Ilmiy-amaliy anjumanning raisi Sodiqov Q., To‘xliev B. bo‘ldi. Kafedraning barcha o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Abdujalilova Malika – “Navoiy she’riyatida mav’iza”; Rahimova Dilafruz – “Mumtoz she’riyatda majoz”; Saidazizova  Farangiz – “Er sotish bilan bog‘liq vasiqalar stilistikasi”; Qodirova Aqlima – “Navoiy asarlari matni xususida”; Shodmonova Muxlisa – “Qutadg‘u bilig”da xalq maqollarining o‘rni”; Nurmatov Nodir – “Navoiy lirikasida tashbeh san’ati”; Abdullayeva Vazira – “Mahmud Qoshg‘ariy” va “Qutadg‘u bilig”dagi pandnomalar qiyosi”; Abduraximova Mavzuna – “Shayx Axmad Taroziy “Funun ul- balog‘a”;  Askarova Kamola – “Sulaymon Boqirg‘oniy “Devoni”ning matn xususiyatlari”; Foziliya Mahliyo O‘roqboy qizi – “O‘rta Osiyoda tafsirchilik. Husayn Voiz Koshifiyning tafsiri”; Aliev Farhod -“Qutadg‘u bilig”da qo‘llangan yozuv va kitobat san’ati bilan bog‘liq atamalar”; Ergashev Alibek -“Qoraxoniylar davri adabiyotida badiiy so‘zga munosabat (“Qutadg‘u bilig” va “Hibatu-l-haqoyiq” asarlari misolida)”; Kuldasheva Diyoraxon – “Yusuf Xos Hojib didaktikasida qadimgi turkiy obidalar ta’siri” o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjuman so‘nggida eng yaxshi 3 ta maqola tanlab olindi va institut to‘plamida nashrga tavsiya etildi. Ular qo‘yidagilar:

  1. Abdujalilova Malika. “Navoiy she’riyatida mav’iza”.
  2. Nurmatov Nodir. “Navoiy lirikasida tashbeh san’ati”.
  3. Abduraximova Mavzuna. “Shayx Axmad Taroziy “Funun ul- balog‘a”.

006-mumt 005-mumt

001-mumt 021-mumt

Mumtoz filologiya kafedrasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: