• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Muhammadrizo Ogahiyni yod olib” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi

13.01.2021, 22:03 Yangiliklar 4395

Millatning maʼnaviy kamolotini yuksaltirishda buyuk va fidoyi shaxslar nomlarini abadiylashtirishga qaratilgan ishlar salmogʻini oshirishning ahamiyati yuqori. Shu sababli mamlakatimizda ulugʻ ajdodlar nomini va ularning boy merosini avlodlarga yetkazish va shu orqali ulardan oʻrnak olish hissini uygʻotish maqsadida turli tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yil ham mamlakatimiz boʻylab Ogahiy tavalludining 210 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda. Shu sababli 13-yanvar kuni Adiblar hiyobonida Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda Ogahiy tavalludiga bagʻishlangan “Muhammadrizo Ogahiyni yod olib” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Koreyashunoslik fakulteti talabalari ham oʻzining boy meʼrosi bilan adabiyot olamida oʻchmas iz qoldirgan atoqli adibning hayoti va ijod yoʻlini yoritib beruvchi kuy-qoʻshiqlar va turli chiqishlar bilan ishtirok etdilar. Tadbirda bir guruh ijodkor talabalar tomonidan Ogahiy qalamiga mansub sheʼrlar hamda bu sheʼrlarning turli tillarga tarjima qilingan namunalari taqdim etildi. Fakultetning ikkinchi bosqich talabasi Nargiza Utemuradova ijrosida kuylangan mumtoz taronalar tadbirning badiiy qismiga yanada fayz kiritdi.
Tadbir davomida Ogahiyning millatning maʼnaviy dunyosini yuksaltirishga oid ijodiy faoliyati turli koʻrgazmali chiqishlar orqali yanada keng ochib berildi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: