• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Milliy iqtisodiyotda liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari (xorij va O‘zbekiston tajribasi)” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

25.04.2018, 11:28 Yangiliklar 2726

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Milliy iqtisodiyotda liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari (xorij va O‘zbekiston tajribasi)” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman 2018-yil 20-aprelda o‘tkazildi. Anjumanni institut rektori f.f.d., prof. A.Mannonov kirish nutqi bilan ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi. Anjuman ishida 20 dan oshiq oliy o‘quv yurtlaridan ishtirokchilar qatnashdi. Plenar yig‘ilishida O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish jarayonini chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, tashqi savdo-iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish siyosatining institusional yo‘nalishlari, O‘zbekiston hududlarini kompleks rivojlantirishda liberallashtirishning o‘rni va roli, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini liberallashtirish,  iqtisodiyotni liberallashtirishning hududiy jihatlari kabi ma’ruzalar eshitildi va ular doirasida fikr almashildi.

Anjuman o‘z ishini  uchta shu’bada davom ettirdi. Jami 50 dan oshiq ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Anjumanda tinglangan ma’ruzalar tezislari to‘plam holida nashr etildi.

photo5406698471261579353 photo5406698471261579355

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: