• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Milliy armiyamiz -Vatanimiz tayanchi

15.01.2019, 17:31 Yangiliklar 2761

Toshkent Davlat Sharqshunoslik insitituda 2019-yilning 15-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”  munosabati bilan “Milliy armiyamiz- Vatanimiz tayanchi” shiori ostida  bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda institutimiz rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari, Afg’oniston urushi faxriylari: polkovnik Soliyev Murod Qodirovich, Professor Abdullayev Yusuf Ne’matovich,  O’zbekiston Milliy universiteti harbiy kafedrasi o’qituvchilari podpolkovnik Safarov Bobir Xudoyberganovich, Podpolkovnik Shohobitdinov Vohidjon Erkinovich, Leytenant Abduvaliyev Sherzod Abduqaxxorovich, O’zbekiston Qurolli kuchlari faxriylari: polkovnik Xarlamov Aleksandr Nikolaevich, harbiy klinik fahriylari kengashi raisi Ochilov Shavkat Jumayevich, sport kompleksi boshlig’i G’aybullayev Ismatulla G’aybullayevich va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Bayramni institut rektori A.Mannonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, podpolkovnik B.Safarov O’zbekiston Milliy Universiteti harbiy kafedrasida tahsil olayotgan talabalarimizni faxriy yorliq bilan taqdirladi. So’ngra Mudofaa vazirligi fahriy kengashi a’zosi polkovnik R.Toshxo’jayev, Qurolli kuchlar faxriysi A.Xarlamov ma’ruza qilib, jangovar kuchlarimizning vatanimiz tinchligidagi beqiyos o’rni haqida so’zlab,  barchani bayram bilan qutladi.

Vatanni madh etuvchi qo’shiqlar bilan davom etgan tadbirda institutning Sharq filologiyasi, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati, Tarix va falsafa fakultetlari talabari tomonidan tayyorlangan video roliklar, sahna ko’rinishlari, jangovar chiqishlar taqdim etildi.  Tadbir davomida so’zga chiqqanlar vatanni sevish, ardoqlash har bir insonning eng oliy burchi ekanligini ta’kidladilar va ularning hissiyotlarga boy  nutqlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bayram so’ngida O’zbekiston «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi qoshidagi «Vatanparvar fidoyilar» badiiy jamoasi baddiy rahbari A.Hamrayev  va ularning hamrohlari tomonidan  vatanparvarlik g’oyalarini targ’ib etuvchi qo’shiqlar yangradi va bayram shukuhiga shukh qo’shdi. O’ylaymizki tadbir yoshlarimiz qalbidagi vatanparvarlik tuyg’usini  yana bir bor to’lqinlantirib yubordi.

photo_2019-01-15_18-51-20 photo_2019-01-15_18-51-21 photo_2019-01-15_18-51-22 (2) photo_2019-01-15_18-51-22 photo_2019-01-15_18-51-23 (2) photo_2019-01-15_18-51-23 photo_2019-01-15_18-51-24 photo_2019-01-15_18-51-25 (2) photo_2019-01-15_18-51-25 photo_2019-01-15_18-51-26 photo_2019-01-15_18-51-27 (2) photo_2019-01-15_18-51-27 photo_2019-01-15_18-51-28 (2) photo_2019-01-15_18-51-28 photo_2019-01-15_18-51-29 photo_2019-01-15_18-51-30 (2) photo_2019-01-15_18-51-30 photo_2019-01-15_18-51-31

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: