• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

 bahtiyoraka QODIRQULOV BAXTIYOR JALILOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Fizika – matematika fanlari doktori
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har dushanba soat (13:30)
Tel.: +99871 252 65 79
E-mail:  kadirkulovbj@gmail.com

Kafedra tarixi

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilishi bilanoq 1992-yil sentabr oyida ToshDShI tarkibida “Oliy matematika va informatika” kafedrasi tashkil etilib, bu kafedraga mudirlik qilish fizika- matematika fanlari doktori, dotsent L.P. Yugay zimmasiga yuklatildi. Dastavval bu kafedrada Yugay L.P, Jalilov A., Umarov A., Burilxiev S., Burаlxiyevа R., Giyazitdinov U., Imamov T. lar faoliyat ko‘rsatganlar.

2000 – yilda bu kafedra ikki kafedraga – «Oliy matematika» va «Informatika» kafedrasiga ajratildi. «Informatika» kafedrasi yangi tarkibda ish boshlab, bu kafedrada Abidov A., Pulatov A., Kodirova N.R., Razzakova D., Ergashova N., Malsheva L., Normatov R.lar faoliyat ko‘rsata boshladi.

2005 – yil 28 – sentabrda institut rahbarining K/01-72 buyrug‘iga asosan «Tabiiy fanlar», «Oliy matematika» va «Informatika» kafedralari asosida yangi «Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika» kafedrasi tashkil qilindi. Bu kafedraga biologiya fanlari nomzodi Usmanova G.U. boshchilik qildi.

2008 – yili “Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika” kafedrasi negizida “Matematika va informatika” kafedrasi tashkil etildi va unga fizika-matematika fanlari nomzodi Qodirqulov B.J. rahbarlik qildi.

2013 -2017 yillar kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi Nasirov K.E. mudirlik qildi. 2015 yildan kafedra nomi “Matematika va axborot texnologiyalari” deb nomlana boshlandi

Hozirda kafedraga fizika-matematika fanlari doktori Qodirqulov B.J. mudirlik qilmoqda.. Kafedrada professor-o‘qituvchilari  6 nafarni tashkil etib, ulardan 5 nafari asosiy shtatda va 1nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritishadi. O‘qituvchilardan 1 kishi fan nomzodi va 1 kishi Kafedra mutaxassis chiqaruvchi bo‘lmaganligi sababli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari mavjud emas.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Iqtisodchilar uchun matematika.
  2. Iqtisodiy matematika.
  3. Til ta’limida AKT.
  4. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari.
  5. Falsafa va madaniyatda axborot texnologiyalari.
  6. Informatsion texnologiyalar va tarixiy informatika.
  7. Ekonometrika asoslari
  8. Matematik modellashtirish (siyosat yo‘nalishlari uchun)

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Qodirqulov Baxtiyor Jalilovich – fizika-matematika fanlar doktori
  2. Djalilov Abduvosiq Abduraximovich – katta o‘qituvchi
  3. Mamajanov Raxmatilla Yakybjanovich –  texnika fanlari nomzodi
  4. Rajabov To‘raqul Jo‘raqulovich – katta o‘qituvchi
  5. Salixova Venera Karimjanovna – o‘qituvchi
  6. Xikmatov Nodir Nazimdjanovich – o‘qituvchi.
  7. Mirraximova Dinora Akildjanovna – o‘qituvchi.

Kafedra Al – Xorazimiy nomidagi axborot texnologiyalari universiteti va Oman sultonligi Sulton Qobus unversiteti bilan hamkor.

Kafedra professor-o‘qituvchilari nashrlari:

  1. A. Jalilov, L.P.Yugay, X.N.Jumayev, B.Otaniyozov, “Matematik programmalashtirish” darslik. Toshkent – 2005
  2. Mamajanov R.Y., Rajabov T.J. HTML tilida web-saxifa yaratish. Toshkent,2011 Sharq ziyokori.
  3. Mamajanov R.Y., Rajabov T.J. Axborot tizimlari fanidan laboratoriya ishlari topshiriqlari. Toshkent, 2011 Sharq ziyokori.
  4. Qodirqulov B.J. Solvability of an elliptic partial differential equation with boundary condition involving fractional derivatives. Complex Variables and Elliptic Equations, 2013 http://dx.doi.org/10.1080/17476933.2013.777711: (An International Journal)
  5. Qodirqulov B.J. Об одной нелокальной задаче для параболического уравнения четвертого порядка с дробным оператором Джрбашяна-Нерсесяна. Дифференциальные уравнения, 2016, том 52, № 1, с.123–127.
  6.  Qodirqulov B.J. Boundary value problems for fourth-order mixed type equation with fractional derivative. Electronic Journal of Differential Equations, Vol. 2016 (2016), No. 36, pp. 1–11.
  7. Qodirqulov B.J. Some properties and applications jf the integrodifferential operators of Hadamard-Marchaud type in the class of harmonic function. Siberian Mathematical Journal, Volume 53, Issue 4, July 2012, pp. 600-610, Impact Factor 0,365
  8. Qodirqulov B.J. Solvability of an elliptic partial differential equation with boundary condition involving fractional derivatives. Complex Variables and Elliptic Equations, 2013 http://dx.doi.org/10.1080/17476933.2013.777711: (An International Journal)

Kafedraning o‘qituvchilarinig ilmiy yo‘nalishi

Qodirqulov B.J. – Kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish usullari

Xikmatov N.N. –  Aralash ta’limni rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uslubiyati masalalari

Fotolavhalar:

matem1

mat4

22.06.2020, 00:32 4913

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: