• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Markaziy Osiyoda leksikologiya va leksikografiya: an’analar va hozirgi zamon ilmiy maktablari” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya

02.04.2019, 17:11 Yangiliklar 2568

2019-yil 1-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Markaziy Osiyoda leksikologiya va leksikografiya: ananalar va hozirgi zamon ilmiy maktablari”  mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilmiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 205-sonli buyrug‘iga binoan tashkil etildi.

Konferensiyada sharq filologiyasi masalalari bilan shug‘ullanadigan respublikadagi oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi, lug‘atchilikning dolzarb muammolari ustida ish olib borayotgan  olimlarning ilmiy ma’ruzalari tinglandi, yosh tadqiqotchilarning leksikografik izlanishlari natijalari yetuk sharqshunoslar nazaridan o‘tkazildi. Shuningdek, respublika miqyosida sharqshunoslar bilan tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi, lug‘atchilik sohasida tilshunos, adabiyotshunos va lug‘atshunos olimlarning sa’y-harakatlari birlashtirildi.

Shu bilan birga konferensiyada o‘rta asrlar sharq lug‘atchiligi; Markaziy Osiyodagi lug‘atchilik; XX asrda Erondagi lug‘atchilik; izohli lug‘atlarning tuzilish xususiyatlari; lug‘atlarni talqin qilish usullari; lug‘atlarda transkripsiya masalalari; lug‘atlardagi fonologik tadqiqotlar; lug‘atlardagi grammatik (morfologik, sintaktik) tadqiqotlar; hozirgi zamon lug‘atchiligi: yutuqlar va muammolar; lug‘atchilikda kompyuterdan foydalanish; muallif xos lug‘atlarini tuzish muammolari masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilar lug‘atchilik sohasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirda, shuningdek, magistrant va talabalar ishtirok etdilar.

Anjuman ishtirokchilari lug‘atchilik sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalasi bo‘yicha fikr almashib, quyidagi tavsiyalarni bildirdilar:

Mustaqillik davrigacha yaratilgan ayrim leksikografik ishlarga, xususan, turkiy tillardagi lug‘atlarda fonetika va transliteratsiya masalasiga oydinlik kiritish, shuningdek, Chastotali lug‘at va konkordans tuzishda kompyuterdan foydalanish, tilshunoslik tadqiqotlarida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlarini ishga solish tajribasidan leksikografik tadqiqotlarda foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish.

photo_2019-04-02_17-25-17 photo_2019-04-02_17-25-18 photo_2019-04-02_17-25-18 (2) photo_2019-04-02_17-25-19 photo_2019-04-02_17-25-20 photo_2019-04-02_17-25-21 photo_2019-04-02_17-25-22

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: