• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar bilan ishlash, tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot

 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ta’lim va tarbiya tizimining yangi, ijobiy qiyofasini yaratish hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy soha ishini takomillashtirish uchun ikki yo‘nalish bo‘yicha ishlar tashkil etiladi.

1. Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘nalishida:

Yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan “Ulug‘lar izidan”, shahid bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi mangudir”, yurt ozodligi bilan bog‘liq “Yagonasan, muqaddas Vatan” , kasbiy etika va nutq odobi ko‘nikmalarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Men notiqman”, dunyoga mashhur sharq yozma yodgorliklariga bag‘ishlangan  “Sharq durdonalari”, Sharq xalqlarining og‘zaki ijodiga yo‘naltirilgan “Sharq xalqlari folklori”,  taniqli ziyolilar, davlat arboblari, san’at va sport vakillari  bilan “El ardog‘ida…”, faxriylari bilan “Xotira uyg‘onsa go‘zaldir”, soha yetakchilari bilan “Dovruqli sharqshunoslardan saboqlar”, allomalar bilan bog‘liq “Yurtim allomalari”, diniy bag‘rikenglik yo‘nalishida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, badiiy ijod va musiqaga havasmandlarning “Iste’dod sohibi”, muammolar yechimiga qaratilgan “Munozara maydoni” mavzuidagi loyihalar, tanlovlar, festivallar, uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “O‘zbek sharqshunosligi tarixi” muzeyi va onlayn hamda bosma ko‘rinishdagi “Sharqdan xabarlar” gazetasi tashkil etiladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish yo‘nalishida:

Talabalar o‘rtasida “Talabalar festivali”, “Yil talabasi”, sharqshunos-talabalarning “Sharq yulduzi” teatr-studiyasi, talabalarning “Sanduvoch” ansambli tashkil etiladi

Talabalar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida yosh o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sport musobaqalari, fitness, aerobika va sheyping, stol tennisi ommalashtiriladi, talabalar turar joyida o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida fakultetlararo spartakiada o‘tkaziladi. Onlayn shaxmat musobaqasi

Talabalar o‘rtasida “Blogerlar”, “Klipmeykerlar” tanlovlari, “PR markaz” virtual klubi, blogerlari o‘rtasida “Sharqdan xabarlar” kanalida chempionat, universitetning “Sharq sadosi”  internet radiosi tashkil etiladi.

Fakultetlarda “Book-safe”lar, “Eng faol kitobxon guruh” tanlovi,“Qadrdon mahallamga va maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi, zakovat bilimdonlar bellashuvi doirasida “Tafakkur  sinovlari”, “Kitobxon talaba” ko‘rik tanlovi, “Nur sharqdan” kitobxonlik maxsus telegram kanali, “Kitobingizni o‘qidim” aksiyasi, “Kitobxonlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovi, yozma merosga yo‘naltirilgan “G‘azalxon yoshligim” ko‘rik-tanlovi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining“Mangu bitig” adabiy ustaxonasini tashkil etiladi.

Universitet talaba qizlari uchun “Kasb sirlari” mavzusida treninglar, psixolog va Xotin-qizlar tashkiloti hamkorlikda “Quloqqa aytiladigan gaplar”  yo‘nalishida suhbatlar, talabalar turar joyida tikuvchilik,pazandachilik, kashtado‘zlik kurslari tashkil etiladi. Universitet psixologi va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida yoshlar va talba-qizlarlarning psixologik muammolariga qaratilgan “Ruhiyat ozig‘i” telegramm kanalini ishga tushiriladi.

      Yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallagan, professional kasb mahorati, malakaviy bilim, mustaqil fikrlash asosida ish yurita oladigan va jahon andozalariga javob beradigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning bosh maqsadidir.

XXI asr globallashayotgan, mintaqaviy, geopolitik, umumjahon muammolari, hodisalari va voqealari nafaqat har bir davlatga, balki har bir insonga bevosita ta’sir o‘tkazayotgan, uning ma’naviy qiyofasini, ichki dunyosini, shaxs sifatida shakllanishini belgilab beruvchi omilga aylanayotgan davrdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur omilni inobatga olgan xolda, yuksak ma’naviy, axloqiy tamoyillarga, vatanparvarlik, o‘z xalqi, millatiga sodiqlik g‘oyalariga amal qiladigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini umumdavlat, milliy, insoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtira oladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini anglay oladigan, xalqimiz, millatimiz, dinimizga begona bo‘lgan turli diniy, ekstremistik, terroristik, umuman, zararli g‘oyalarga murosasizlik kayfiyatida bo‘lgan, erkin fikrlovchi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan, “mafkuraviy immunitet”i shakllangan mutaxassis kadrlarni tayyorlash strategik maqsadimiz bo‘lmog‘i kerak.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va rektorning buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishida har taraflama yetuk va barkamol, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g‘oya bilan qurollangan, ma’naviy qadriyatlarimizni o‘zlashtirgan, vatanparvar yoshlarni tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xalqimiz, dinimizga yot bo‘lgan  turli buzg‘unchi g‘oyalarni o‘z vaqtida payqay oladigan, ogoh va g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurasha oladigan hushyor va bilimdon yoshlarni tarbiyalash ta’lim-tarbiya sohasi xodimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar asosan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda muntazam olib boriladi:

  •  Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar;
  •  Milliy g‘oya targ‘iboti;
  •  Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tarbiyasi;
  •  Vatanga muhabbat, o‘z millati, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur tarbiyasi;
  •  Siyosiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish;
  •  Mafkuraviy tarbiya;
  •  Aqliy tarbiyalanganlik;
  •  Umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruhida tarbiyalash;
  •  Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

Tadbirlar samaradorligini oshirib borish mehanizmi (sikli)

 

mm-tadbirlar-sikl

 

 

22.06.2020, 15:50 7826

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: