• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Malayziyaning Xalqaro Al-Buxoriy universiteti stipendiyalar dasturi haqida e’lon qiladi

14.03.2020, 17:08 E'lonlar, Yangiliklar 1818

Al-Buxoriy fondi 2020-2021 o‘quv yilida Malayziyaning Xalqaro Al-Buxoriy universiteti stipendiyalar dasturi haqida e’lon qiladi. Mazkur dastur bakalavriaturaning barcha ta’lim yo‘nalishlariga mo’ljalangan. Al-Buxoriy fondi universitetda o‘qish, yashash va kundalik xarajatlarni o‘z hisobidan qoplab beradi. Shuningdek, 450.000 malayziya ringgiti (taxminan 110 AQSh doll.) miqdorida stipendiya to‘lanadi. Xalqaro aviaparvoz yuborayotgan taraf hisobidan amalga oshiriladi.
Murojaat etuvchilar topshirilgan hujjat va suhbatlar natijasida tanlovdan o‘tishlari va ma’lum talablarga javob berishlari lozim.
Mazkur dastur kam ta’minlangan oilalar vakillariga mo‘ljallangan.
Batafsil ma’lumotlarni http://apply.aiu.edu.my sayti va va institut xalqaro hamkorlik bo‘limidan olishingiz mumkin.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: