• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi direktorining tashrifi

29.10.2018, 12:55 Yangiliklar 2674

Joriy yilning 26-oktabr kuni Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi direktori Janob O Gi Yol Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rasmiy tashrif buyurdi. Markaz direktorining tashrifi davomida institutda yangi ochilgan Koreyashunoslik fakulteti va uning faoliyati hamda markaz bilan hamkorlikda tashkil etilgan kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, fakultet tarkibidagi Koreys filologiyasi, Koreya iqtisodiyoti va siyosati hamda Koreya tarixi va madaniyati kafedralarida bo‘lib, ularning faoliyati va o‘quv jarayonini o‘rgandi. Talabalarning til bilish darajasi va ularning sohaga oid bilim darajasi bilan qiziqdi.
Shu bilan birga, Janob O Gi Yol joriy yilning 27-30 noyabr kunlari Koreya Respublikasidan bir guruh jurnalistlarning ta’lim tizimi bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrifi kutilayotganini ta’kidlab, unda ikki mamlakat orasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, Koreyashunoslik fakultetining istiqboldagi rejalari haqida intervyu olinishini ta’kidladi.

photo_2018-10-30_12-46-50

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: