• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jurnalistika ijodiy imtihoni

TOShKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA 2020-2021 O‘QUV YILI UCHUN 5220104  JURNALISTIKA: XALQARO JURNALISTIKA

(SHARQ TILLARI BILAN) BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHIGA  QABUL QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI:

QABUL KVOTALARI

KUNDUZGI TA’LIM ShAKLIGA(DAVLAT GRANTI VA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA)

Shifr

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Jami Davlat grantlari asosida  To‘lov-kontrakt asosida

Test fanlari

5220104 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika:

Qabul qilinganlar jamlangan ballar reytingi bo‘yicha 2 sharq tili guruhiga bo‘linadi:

1-guruh: o‘rgatiladigan sharq tili – turk tili

2-guruh: o‘rgatiladigansharq tili  – hind tili

25 5 20 1.Ona tili va adabiyot (3.2 ball)
2.Ijodiy(kasbiy) imtihon (3.1 ball)

 

KECHKI TA’LIM SHAKLIGA(FAQAT TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA)

Shifr Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Jami To‘lov-kontrakt asosida

 Test fanlari

5220104 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika:

Qabul qilinganlar jamlangan ballar reytingi bo‘yicha 2 sharq tili guruhiga bo‘linadi:

1-guruh: o‘rgatiladigan sharq tili  – turk tili

2-guruh: o‘rgatiladigan sharq tili  – hind tili

25 25 1.Ona tili va adabiyot (3.2 ball)
2.Ijodiy(kasbiy) imtihon (3.1 ball)

5220104  JURNALISTIKA: XALQARO JURNALISTIKA (SHARQ TILLARI BILAN)

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI KIRISH SINOVLARIDA 2(IKKITA) FANDAN IMTIHON TOPSHIRILISHI BELGILANGAN:

  1. ONA TILI VA ADABIYOT (3.2 BALL)
  2. IJODIY(KASBIY) IMTIHON (3.1 BALL)

 1. Jami 96 ball bilan baholanuvchi ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN abiturientlar 1-20 avgust kunlari DTM o‘tkazadigan test sinovlarida o‘zlarining tanlagan hududlarida qatnashadilar.

2. Jami 93 ball bilan baholanadigan IJODIY(KASBIY) IMTIHON Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qabul komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida, bu yo‘nalishga hujjat topshirgan abiturientlarning barchasini sig‘dira oladigan va belgilangan sanitariya-gigiena talablariga javob beruvchi binoda 2020 yil 1 avgustidan keyin  o‘tkaziladi va bu haqida abituriyentlar hujjatlarini onlayn qayddan o‘tkazish paytida ko‘rsatib o‘tgan telefon raqamlariga SMS xabar yuboriladi.

ABITURIYENTLARNING IJODIY(KASBIY) IMTIHONDA ISHTIROK ETISHLARI UCHUN BARCHA SHART-SHAROITLAR YARATILADI VA IJODIY(KASBIY) IMTIHON BELGILANGAN TALABLARGA QAT’IY RIOYA QILINGAN HOLDA O‘TKAZILADI:

  1. DTM RUXSATNOMASI MAVJUDLIGI
  2. PASPORT MAVJUDLIGI
  3. ABITURIYETDA ISITMANING 36,6 DARAJADAN YUQORI BO‘LMASLIGI
  4. ABITURIYENT SHAXSIY HIMOYA VOSITALARIDA(TIBBIY NIQOB VA QO‘LQOPLARDA) BO‘LISHI

 

DIQQAT!!!

ABITURIYENTLAR IJODIY(KASBIY) IMTIHON BO‘YICHA QABUL KOMISSIYASI BELGILAGAN MAVZULARDAN BIRI BO‘YICHA FAQAT ESSE YOZADILAR VA ULARGA BOSHQA TALAB QO‘YILMAYDI.

SHUNING UCHUN ABITURIENTLARDAN O‘Z IJODIY ISHLARI, MAQOLALARI, SERTIFIKATLARI, TASHAKKURNOMALARI VA SHU KABI BOSHQA HUJJATLARNI IMTIHONGA OLIB KELMASLIKLARI SO‘RALADI.

IJODIY(KASBIY) IMTIHON DASTURI VA BAHOLASH MEZONLARI

5220100 – JURNALISTIKA (FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA)  bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

TAYANCH OLIY TA’LIM MUASSASASI

O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI tomonidan tuzilgan va OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BILAN muvofiqlashtirilgan IJODIY(KASBIY) IMTIHON DASTURI VA BAHOLASH MEZONLARI BILAN QUYIDA TANISHIB CHIQISHINGIZ MUMKIN

https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2020/07/Журналистика-1.pdf

10.07.2020, 19:51 2514

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: