• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrif

03.12.2018, 11:56 Yangiliklar 2285

2018-yilning 30-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa fakulteti” fakulteti  Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Shadjalilov, Sharq falsafasi va madabiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi J.Sulaymonov va fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini D.Narimonov  Zangiota tumanidagi  7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi filialiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida 5-10 sinflar o‘quvchilari bilan “Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Tadbirda bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga ta’sir etayotgan omillar, xususan, turli axborotlar xuruji to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, ularni bartaraf etish yo’llari muhokama qilindi.

25

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: