• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida bayram tadbiri

02.09.2017, 22:05 Yangiliklar 3966

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirni institut rektori A.Mannonov ochib berdi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasining 26 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Shundan so‘ng tadbirda Yurtimiz madhiyasi yangradi. Professor A.Quranbekov, Sh.Yovqochev va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, barkamol avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdilar. 2017-yilda talabalik baxtiga yerishgan yoshlar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi O‘.Nematova, “Xitoyshunoslik” fakulteti talabasi B.Azizova hamda M.Inomjonovalar so‘zga chiqib, avvambor tadbir qatnashchilarini qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, o‘zlarining cheksiz hursandchiliklarini izhor etdilar. 2017-yilgi davlat imtixonining shaffof tarzda o‘tganligini takidladilar hamda 1-kurs talabalariga kelgusidagi o‘qishlarida omadlar tiladilar.
Tadbir so‘ngida talabalar “Mustaqillik darsi”, “Xotira dars”lariga taklif qilindi. Ushbu darslarda talabalarga mamlakatimizning istiqlolga erishishi, mustaqillik yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuq va marralar haqida so‘zlab berildi. Bugungi osoyishta va farovon hayotimiz, turmushimizda, ongu tafakkurimizda ro‘y bergan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda unib-o‘sayotgani buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligi qayd etildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: