• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ajdodlar ruhi mangu barhayot” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

13.02.2019, 15:26 Yangiliklar 2472

2019-yilning 13-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Koreyashunoslik fakulteti tomonidan g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, f.f.d. Zulxumor Xolmonova, TDSHI professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori, professor A.Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda Navoiy va Boburning ilmiy-ijodiy me’rosini o‘rganishning ahamiyati, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida nutq so‘zladi. Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, f.f.d. Zulxumor Xolmonova so‘zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy me’rosi, davlat va jamoat arbobi sifatidagi insoniy fazilatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida ma’ruza qilib, ularning beqiyos ijodini har tomonlama chuqur o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida Koreyashunoslik fakulteti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan go‘zal kuy va qo‘shiqlar, she’r va g’azallar ijro etildi,  sahna ko‘rishishlari, jozibador raqslar, baxru-bayt chiqishlari tadqim etildi. Ayniqsa, TDSHIda o‘zbek tilini o‘rganayotgan Koreya Respublikasi va Yaponiyalik talabalarning Navoiy va Bobur ijodidan misralar aytib bergani barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy kechada faol ishtirok etgan barcha talabalar institut rektori tomonidan tashakkurnoma bilab taqdirlandi.

photo_2019-02-13_15-03-56photo_2019-02-13_15-03-18photo_2019-02-13_15-04-19IMG_1984photo_2019-02-13_15-04-22photo_2019-02-13_15-03-27photo_2019-02-13_15-03-13photo_2019-02-13_15-04-15photo_2019-02-13_15-02-50photo_2019-02-13_15-04-11photo_2019-02-13_15-03-36photo_2019-02-13_15-03-40photo_2019-02-13_15-03-44photo_2019-02-13_15-03-48photo_2019-02-13_15-04-00photo_2019-02-13_15-04-07photo_2019-02-13_15-03-52photo_2019-02-13_15-03-02photo_2019-02-13_15-03-23photo_2019-02-13_15-03-32IMG_2050photo_2019-02-13_15-02-40

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: