• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Muhammad Rizo Ogahiy – Sharqning buyuk allomasi” mavzuida ochiq dars bo’lib o’tdi

10.12.2021, 04:10 Yangiliklar 1882

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida hazrat Ogahiy tavallud topgan dekabr oyida turkum ma’rifiy tadbirlar o’tkazish rejasi ishlab chiqilgan. Ana shu rejaga muvofiq kuni kecha Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi jamoasi tomonidan “Muhammad Rizo Ogahiy – Sharqning buyuk allomasi” mavzuida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Tadbir 3- bosqich dariy-ingliz guruhi talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Talabalardan G. Sadullayeva ,,Rahm et ‘’, D.Maksudova ‘’Bo’lmasa bo’lmasin netay’’, D. Xamidova “Ustina’’, M.Jumanova “Olam gado man ham gado’’, H.Rahmatova “Dedi’’ Z. Risboyeva “Navro’z’’ g’azallarini ifodali o’qishdi. N.Xasanova Ogahiy hayoti va ijodi haqida, J.Zulfiqorov va G.Jangitova adib tarjimalariga oid ma’lumotlar taqdimotini o’tkazishdi. Shuningdek, tadbirda D.Xamidova ijrosida dutor kuyi va guruh qizlari tomonida Ogahiy qalamiga mansub “Sallamno” qo’shig’i ham ijro etildi.

o3

oo1

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: