• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DIQQAT TANLOV

24.04.2020, 17:11 E'lonlar 5378

Muhtaram Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi, ustozlar va talabalar‼️

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16 aprelda “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4680- son Qarori e’lon qilindi. Ushbu qaror asosida Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga “universitet” maqomi berilib, uning yangi XXI asrdagi taraqqiyot bosqichi belgilab berildi.

Shu munosabat bilan TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK UNIVERSITETI O‘ZINING YANGI LOGOTIPI UChUN TANLOV E’LON QILADI.

👉Tanlov shartlari:

✅1.Sharq mamlakatlari bo‘yicha mutaxassis tayyorlash mazmuni singdirilgan, shuningdek, xalqimizning mingyillik boy ma’naviy merosi bilan bog‘liq unsurlar aks etgan bo‘lishi;
✅2.Logotipga bir qarashning o‘zidayoq u Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tegishli ekanligi ayyon bo‘lishi;
✅3.Logotip sodda hamma uchun bir xil obrazni o‘yg‘otishi va tushunarli tasvirlanishi;
✅4.Eng zamonaviy logotiplar dizaynida bo‘lishi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining yangi logotipi uchun ishlar 2020 yil 24 apreldan 2020 yil 3 mayga qadar +998971336675 raqamli telegramm messenjerida qabul qilinadi☎️

Tanlovga universitetning yangi logotipi bo‘yicha o‘z g‘oyasi va taklifi bor barcha talabgorlar qatnashishi mumkin.
Tanlov eshiklari barcha uchun ochiq hisoblanadi.

Tanlovga kelib tushgan logotiplardan birortasi universitet logotipi sifatida qabul etilsa, ushbu logotip egasi g‘olib deb hisoblanadi va unga 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi💵💴

Muhtaram dizaynerlar, ustozlar va talabalar‼️
O‘zbek sharqshunosligi tarixida qolish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang‼️

Facebook | Telegram | Instagram | YouTube

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: