• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh olimlar kengashining navbatdagi ilmiy seminari

15.03.2019, 15:36 Yangiliklar 5780

2019-yilning 15-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yosh olimlar kengashining navbatdagi ilmiy seminari o’tkazildi. Seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori N.Abdullayev, institut professor-o’qituvchilari, Yosh olimlar kengashi a’zolari, tadqiqotchi va doktorantlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida f.f.n., dotsent S.Nosirova “Zamonaviy xitoy tilining ijtimoiy-siyosiy diskursi va ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi: mazmuni, tarjima muammolari tahlili” mavzusida, Koreyashunoslik fakulteti o’qituvchisi K.Nikolayevna “Global ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda XXRning siyosiy roli” mavzusida, tarix fanlari nomzodiSh.Qo’ldoshev “Manchjuriyalik elchi Doketananing Qo’qon xonligidagi faoliyati” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Seminarda ekspertlar sifatida s.f.n. I.Bekmuratov, s.f.n., dotsent Sh.Shazamonov, s.f.n., dotsent A.Sharapov ishtirok etishdi.

photo_2019-04-02_10-39-06 photo_2019-04-02_10-39-18 photo_2019-04-02_10-39-27 photo_2019-04-02_10-39-39 photo_2019-04-02_10-39-47

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: